AsosiySiyosat

Angor tumaniga yangi hokim tayinlandi

'Angor tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Bugun, 10 noyabr kuni Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyasida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po`latov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig`ilishda tumanni har tomonlama rivojlantirish yo`lida amalga oshirilayotgan ishlar, qo`lga kiritilgan yutuqlar, kelgusida bajarilishi lozim bo`lgan ishlar haqida so`z yuritildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Ibatov Baxtiyor Kenjaevich boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan Angor tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan Turapov Usmon Yangibaevich Angor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Sessiyada so`zga chiqqanlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish borasida tuman faollari oldida turgan dolzarb vazifalar aniq ko`rsatib berilgani, ana shu amaliy ko`rsatmalar asosida ishni to`g`ri tashkil etib, hamjihatlik bilan mehnat qilish va ko`zlangan marralarga erishish zarurligini alohida ta`kidladilar.

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi vakillari ham qatnashdi.

    Boshqa yangiliklar