AsosiySport

Ruslan Nurutdinov jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo`ldi

'Ruslan Nurutdinov jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo`ldi'ning rasmi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati o`z yakuniga etib bormoqda. Bugun musobaqada -109 kg vazn toifasidagi sportchilar supachada kurashga chiqishdi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Olimpiya va Osiyo o`yinlari g`olibi, jahon chempioni Ruslan Nurutdinov himoya qildi.

Hamyurtimiz dast ko`tarish bahslarida o`z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Siltab ko`tarishda esa 227 kg. natija ko`rsatdi va bronza medaliga ega chiqdi.

Ertaga jahon chempionatining so`nggi kuni o`tkaziladi va unda +109 kg vazn toifasida Rustam Djangabaev bahslarga kirishadi.

    Boshqa yangiliklar