AsosiyJamiyat

Toshkentdan Qozonga yo`lovchi poezd qatnay boshlaydi

'Toshkentdan Qozonga yo`lovchi poezd qatnay boshlaydi'ning rasmi

Toshkent-Ekaterinburg yo`nalishidagi 315/316-sonli yo`lovchi poezd joriy yilning 8 dekabrdan boshlab Rossiyaning Qozon shahrigacha qatnovni amalga oshiradi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Poezd belgilagangan jadvalga ko`ra har shanba kunlari Toshkent Markaziy vokzalidan yo`lga chiqib, seshanba kuni Qozon shahriga etib boradi. E`tiborlisi, shu kunning o`zida yo`lovchi poezdi Qozon – Toshkent yo`nalishi bo`yicha ortga harakatlanadi.

«O`zbekiston temir yo`llari» AJ izoh berishicha, qo`shimcha ma`lumotlarni joylardagi temir yo`l kassalari hamda temir yo`l ma`lumotxonalaridan bilib olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar