AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida is gazi sabab bir ayol vafot etdi

'Toshkent viloyatida is gazi sabab bir ayol vafot etdi'ning rasmi

8 noyabr Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida noxush voqea yuz berdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yangiovul qishlog`ida yashagan, nafaqaxo`r A.I. uyida birga yashovchi ikki nafar voyaga etmagan nabiralari bilan birgalikda uxlab yotganlarida uyi oshxonasiga o`rnatilgan gaz yordamida isitiladigan suv isitish moslamasidan (AGV) sizib chiqqan is gazi xonadan mo`ri chiqarilmaganligi sababli uy ichiga to`plangan.

Natijada A.I. zaxarlanib voqea joyida vafot etgan, uning nabiralari esa is gazidan zaxarlangani tufayli, kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar