AsosiyJamiyat

Vazirlik norasmiy xizmatlar uchun patent joriy etilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

'  Vazirlik norasmiy xizmatlar uchun patent joriy etilishi haqidagi xabarlarni rad etdi'ning rasmi

2018 yil 8 noyabr qator OAVda xususiy kirakashlik, kunlik to`lanadigan ishlar va xususiy yollanadigan ta`mirlash-qurilish ishlari singari faoliyat turlariga patent joriy etish rejalashtirilayotgani haqidagi xabar tarqatildi.

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mazkur xabarlar haqiqatga muvofiq emas va kontekstdan yulib olingan hisoblanadi, deb bayonot berdi.

"Ko`rsatib o`tilgan mehnat faoliyat turlariga patent joriy etilishi bugungi kunda qonuniy tashabbus hisoblanmaydi va bironta rasmiy hujjatda mavjud emas.

Ayni paytda ushbu masala muhokama etilmoqda va O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi doirasida o`rganib chiqilmoqda.

Qishloq joylaridagi norasmiy bandlik odatga ko`ra dunyoning ko`plab mamlakatlarida eng keng tarqalgan muammolardan biri sanaladi. Joriy yilning 30 aprelida Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan e`lon qilingan hisobotga muvofiq, ayrim davlatlarda qishloq joylaridagi norasmiy bandlik 90 foizgacha borib etadi.

O`zbekistonda mehnat bozorini o`rganish bo`yicha 2018 yilning avgust-sentyabr oylarida o`tkazilgan ishlar shuni ko`rsatdiki, O`zbekistonda norasmiy bandlik sektorining ulushi 56 foizni tashkil etadi. Qishloq joylaridagi norasmiy yoki “soyadagi” bandlikning asosiy sohalari xususiy kirakashlik, kunlik to`lanadigan ishlar va xususiy yollanadigan ta`mirlash-qurilish ishlari hisoblanadi.

Biroq xususiy kirakashlik, kunlik to`lanadigan ishlar va xususiy yollanadigan ta`mirlash-qurilish ishlarining ayrim joylarda to`liq bandlik alternativi sanalishini hisobga olgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi legallashuv chora-tadbirlaridan biri sifatida yiliga eng kam oylik ish haqining 4,5 barobari miqdorida O`zbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasiga to`lov qilinadigan patentni joriy etishni ko`rib chiqmoqda.

Bu turdagi patentni olish faqatgina ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgan bo`lar edi.

Ya`ni patentni ixtiyoriy ravishda olib, yiliga 912 285 so`m (oyiga 76 023 so`m) to`lagan fuqaro to`liq bandlik uchun beriladigan mehnat stajiga ega bo`lishi mumkin. Bunday chora-tadbir yaxlit pensiya tizimi shakllanishiga qo`shimcha fuqarolar sonini jalb etishga imkon bergan va kelgusida o`sha fuqarolarning yosh bo`yicha pensiya olishlarini ta`minlagan bo`lar edi", - deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar