AsosiyJamiyat

Karmanada o`quvchi "Godji" mevali o`simligini etishtirdi

'Karmanada o`quvchi "Godji" mevali o`simligini etishtirdi'ning rasmi

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 10-umumta`lim maktabi o`quvchisi Sharofiddin Bobomurodov "Tibet barbarasi", "Xitoy derazasi" kabi nomlar bilan ma`lum bo`lgan "Godji" mevali o`simligini o`z tomorqasida etishtirishga erishdi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi axborot xizmati xabar berdi.

– Tomorqamizda 3 sotixli issiqxona bor. Unda limon, papaya, mandarin kabi mevalarni etishtiraman, – deydi Sh.Bobomurodov. – Darsdan bo`sh vaqtlarim asosan shu issiqxonada o`tadi. Anchadan beri "Godji" mevali o`simligini O`zbekistonda etishtirishga qiziqib kelardim. Ushbu mevani tomorqamda etishtirish uchun internet tarmog`i orqali buyurtma berib, ikki oy deganda qabul qildim. Hozirgi kunga kelib, meva ko`paygan. Uning niholi va quritilgan mevasini bozorga sotish uchun tayyor qilib qo`ydim. Bu oilam daromadiga ham yana qo`shimcha foyda bo`ldi.

Ma`lumot uchun, "Godji" mevali o`simligi tarkibida saraton kasalligining oldini oluvchi mineral modda mavjud bo`lib, u tabiatda juda kamyob hisoblanadi. O`simlik iqlim sharoiti tufayli Xitoyning Tibetida o`sadi.

    Boshqa yangiliklar