Hukumat qarori bilan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestasiyadan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko`ra endilikda tadbirkorlarni tekshirish faqatgina belgilangan tartibda attestasiyadan o`tgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqida Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.
Attestasiyadan o`tishi kerak bo`lgan xodimlar soni, shuningdek, ularga qo`yiladigan kasbiy talablar har bir nazorat qiluvchi organ tomonidan belgilanadi.
Xodimlar bunda uch yilda kamida bir marta attestasiyadan o`tkaziladi.
Quyidagilar attestasiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- yuqori malakaga, tashabbuskorlikka, javobgarlikka ega xodimlar toifasini aniqlash;
- xodimlarning kasb tayyorgarligini, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish zarurligini aniqlash;
- tadbirkorlar faoliyatini tekshirishni tashkil qilishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish;
- tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini tekshirish jarayonida korrupsiya holatlarini bartaraf etish va qonuniylikni ta`minlash.
Attestasiya komissiyasi attestasiya sifatli va xolisona o`tkazilishi uchun javob beradi.
Oldin tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini tekshirish huquqini olgan, biroq mazkur faoliyatni tekshirish bilan bog`liq bo`lmagan lavozimga tayinlangan, shuningdek ushbu sohada qonunchilik buzilishi munosabati bilan bunday huquqdan mahrum etilgan xodimlar attestasiyadan o`tishi kerak bo`lgan xodimlar ro`yxatiga kiritilmaydi.
Attestasiyadan o`tishda elektron moslamalardan, ma`lumotnoma, maxsus yoki boshqa adabiyotlardan, shuningdek har qanday yozuvlardan foydalanish man etiladi. Ko`rsatilgan talablar buzilgan hollarda attestasiyadan o`tkaziluvchilar attestasiyadan chetlatiladi va undan o`tmagan deb hisoblanadi.
Attestasiyadan o`tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

Attestasiya komissiyasi tomonidan attestasiyadan o`tgan xodimga maxsus guvohnoma beriladi.

Attestasiyadan o`tmagan xodimga tadbirkorlar faoliyatini tekshirish man etiladi. Nazorat qiluvchi organ rahbari mazkur xodimni tadbirkorlar faoliyatini tekshirish bilan bog`liq bo`lmagan lavozimga o`tkazishi mumkin.






