AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat bosh prokurori va bir vaqtning o`zida adliya vaziri hisoblanuvchi Jeff Seshnsning istefoga chiqarilganini e`lon qildi, deya xabar bermoqda Fishki.net nashri.
Uning o`rniga Metyu Uitaker bosh prokuror vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. Tramp Seshnsga xizmatlari uchun tashakkur e`lon qilib, bu lavozimning doimiy egasi keyinroq e`lon qilinishini bildirib o`tdi. Bungacha AQSh prezidenti Donald Tramp Seshnsni uning adliya vazirligidagi boshqaruvidan qoniqmayotganligini bildirib bir necha bor, jumladan, omma oldida ham tanqid qilib kelayotgan edi.






