AsosiyJamiyat

Bir kunda 7 kishi is gazidan zaharlandi

'Bir kunda 7 kishi is gazidan zaharlandi'ning rasmi

Joriy yilning 7 noyabr kuni is gazidan 7 kishi zaharlandi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd qilinishicha, Toshkent tumanning “Oydinhayot” MFYda yashovchi K.I. (ismli ayol)ning uyi erto`lasiga o`rnatilgan “Nefit” rusumli isitish pechi mo`risidan sizib chiqqan is gazidan o`zi va birga yashovchi qizi, 2 nafar nabirasi va mehmonda bo`lgan qarindoshi zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan.

IIV bayonotiga ko`ra, hodisa bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Farg`ona viloyatining So`x tumanidagi “Sebzor” MFYda yashovchi H.M. uyida isitish pechiga ko`mir yoqib nazoratsiz qoldirishi sabab o`zi va birga yashovchi turmush o`rtog`i M.M.lar ko`mir isidan zaharlanib kasalxonaga yotqizilganlar.

Bu erda ham surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar