AsosiyDunyo

Tojikistonda mahbuslar isyon ko`tardi, 13 kishi halok bo`ldi

'Tojikistonda mahbuslar isyon ko`tardi, 13 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Tojikiston shimolidagi Xo`jand shahrida joylashgan qattiq tartibdagi koloniyada mahbuslar isyon ko`targan. Natijada 13 nafar mahbus halok bo`ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ma`lum bo`lishicha, mahbuslardan biri "Islom davlati" a`zosi qamoqxona qo`riqchisini qurollansizlantirgan va qamoqxona posbonining avtomatini tortib olib, nazoratchi va posbonlarga qarab o`q uza boshlagan.

Shu tarzda mahbuslar koloniyaning bitta korpusini egallab olganlar.

So`g`d viloyati spesnazi isyonni bostirishga muvaffaq bo`lgan.

Hozirda maxsus tergov guruhi voqea joyida ishlamoqda va isyon sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar