AsosiySiyosat

O`zbekiston va Rossiya parlamentlari​ o`rtasida​ hamkorlik bitimi imzolandi​

'O`zbekiston va Rossiya parlamentlari​ o`rtasida​ hamkorlik bitimi imzolandi​'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi bitim imzolandi.

Matbuot uchun qo`shma bayonotda O`zbekiston va Rossiya parlamentlari yuqori palatalarining raislari bo`lib o`tgan ikki tomonlama muloqot natijalaridan mamnun ekanini bildirib, erishilgan natijalar ikki mamlakat o`rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta`kidladilar.

Tashrif doirasida joriy yilning 7 noyabr kuni Rossiya Federasiyasining ko`zga ko`ringan siyosiy arboblari bilan uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Tomonlar O`zbekiston va Rossiya parlamentlari o`rtasidagi qarashlarning yaqinligini hamda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini baholashda fikrlar bir-biriga to`g`ri kelishini tasdiqladilar.

Jumladan, Rossiya Davlat Dumasi Raisi V.V. Volodin bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir keng qamrovli masalalar muhokama etildi, bu borada yanada ko`proq muvaffaqiyatga erishish uchun ikki mamlakatda ko`rilayotgan chora-tadbirlar to`g`risida axborot va fikr almashildi.

Shuningdek, Federasiya Kengashi va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Hamkorlik bo`yicha komissiyasining majlisi ham bo`lib o`tdi. Qayd etilganidek, O`zbekistonda Rossiyaga amalga oshirilgan parlament delegasiyasining rasmiy tashrifi O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni yanada faollashtirish yo`lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Eslatib o`tamiz, Rossiya Federal Majlisi Federasiya Kengashi taklifiga binoan Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo`ldoshev boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi parlament delegasiyasi tashrif bilan Rossiya Federasiyasida bo`lib turibdi.

    Boshqa yangiliklar