74 yoshli aktyor Maykl Duglas Gollivudning “Shon-shuhrat alleyasi”da o`z yulduzi tabassum bilan qabul qilib oldi, deya ma`lum qildi Ren.tv nashri.
Tantanali marosim 6 noyabr kuni bo`lib o`tdi. Aktrni qo`llab-quvvatlash uchun rafiqasi Ketrin Zeta-Jons va otasi Kirk Duglas ham tashrif buyurdi.
Maykl Duglas o`z karerasini 70-yillarda boshlagan edi. U, ayniqsa, “Nil javohiri”, “Uoll-Strit”, “O`yin”, “Toshga yozilgan ishq tarixi” kabi filmlari bilan mashhurdir.






