Portugaliya poytaxti Lissabonda butun dunyodagi muhandis, dasturchi hamda tadbirkor ayollar ishtirokida veb-sammit o`z ishini boshladi, deya ma`lum qilmoqda Gazeta.ru nashri.
Mazkur forum BMTning ayollar va erkaklar huquqlarining tengligiga erishish dasturi doirasida amalga oshirayotgan tadbirlaridan biridir.
Tadbirda ayol muhandislar o`z ixtirolari namoyishini o`tkazish bilan birga o`zaro fikr almashib shartnomalar tuzish imkoniga ega bo`lishadi.






