Fransiyaning Marsel shahrida yonma-yon joylashgan 2 ta bino quladi, deb xabar qildi Newshub nashri.
Voqea oqibatida 2 kishi jarohat olgani ma`lum qilingan edi. Fransiya polisiyasi esa vayronalar ostidan 4 kishining jasadi topilganini xabar qilmoqda. Qutqaruvchilar ishni davom etirishmoqda. Jasadlar soni ortishi mumkin, degan taxminlar bor.
Eslatib o`tamiz, aholi istiqomat qiluvchi mazkur binolar avariya holatida bo`lgan. Qulashning sabablari ham aynan ustunlarning eskirgani bilan bog`liq.






