Peruniing Puno shahri yaqinida yo`lovchi avtobus ishtirokida yirik YTH ro`y berdi, deb xabar qilmoqda News.day.az nashri.
Hodisa oqibatida 18 kishi halok bo`lgan. Bundan tashqari, yana 39 kishi turli darajada tan jarohati olgani xabar qilinmoqda. Voqea Titikaka ko`lidan uncha uzoq bo`lmagan katta yo`lda sodir bo`ldi. Xabarlarga qaraganda, avtobus furgon bilan to`qnashib ketishi natijasida ag`darilib ketgan. Qurbonlarning barchasi ayollar va bolalardir.






