Avstraliyada 33 yoshli syorfing ustasi yirtqich akula qurboniga aylandi, deya xabar qildi 120.su nashri.
Akula unga qirg`oqqa yaqin joyda hujum qilgan. Uning sherigi esa oyog`idan jarohat olib, kasalxonaga etkazilgan. Ma`lumotlarga qaraganda, uni yirtqich hujumidan qutqarib qolishgan. Voqea Kvinslend shtatida Brisben shahridan 900 km. uzoqlikda ro`y bergan. Ushbu hududda sentyabr oyidan boshlab, bugunga qadar akulaning odamlarga hujum qilish holati 3 marta kuzatildi.






