Amerika Qo`shma Shtatlarida AQSh Kongressiga oraliq saylovlar bo`lib o`tdi, deya xabar qilmoqda Day.Az nashri.
Saylov Respublikachilar partiyasi uchun muvaffaqiyatli o`tgani xabar qilinmoqda. Mazkur jarayonda 100 senatordan 35 nafari, vakillar palatasining barcha 435 a`zosi, 39 ta shtat va hududlar gubernatorlari, shtatlar qonunchilik yig`inlarining 6073 a`zosi, sudyalar va maktab okruglari kengashlari a`zolari qayta saylangan.
Ushbu saylovlar prezident saylovlaridan 2 yil keyin va navbatdagisidan 2 yil oldin o`tkazilgani uchun oraliq saylovlar deb yuritiladi. Prezident Donald Tramp esa barcha jarayon ko`ngilli o`tganini ta`kidlagan.






