Kamerun xavfsizlik kuchlari tomonidan 5 noyabrda Bamenda shahridagi maktabdan o`g`irlab ketilgan o`quvchilar va xodimlarni zudlik bilan ozod qilishga qaratilgan keng ko`lamli operasiya tashkil etilmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Hozirda o`g`irlangan 79 nafar bolalarning ota-onasi maktab binosi oldiga to`planib, biror yangilik eshitishga umid qilishmoqda. Hozircha hech bir jinoiy guruh bu ish uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olganicha yo`q. Asirlar uchun jinoyatchilar tomonidan hozircha biror tovon ham talab qilinmagan. Ayrim taxminlarga ko`ra,ular ta`limning xorijiy tillarda olib borilayotganidan norozi bo`lgan.






