Rossiyalik milliarder va “Monako” futbol klubi egasi Dmitriy Ribolovlev hibsga olindi, deya xabar berdi TASS nashri.
U korrupsiyada gumon qilinmoqda. Uning Monte-Karlodagi uyida tintuv o`tkazilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, milliarder Chempionlar ligasining “Monako” va “Bryugge” o`yini oldidan hibsga olingan. Ribolovlev Golland kompaniyasi rahbari Bernard de Roos bilan klubga fair play qoidalarini chetlagan holda pul sarmoya qilishda yordam beruvchi kelishuvni tuzganinin ma`lum qilgan. Shartnoma 2014 yilda tuzilgan. De Roos “Monako”ga 10 yil davomida 1,4 mlrd. evro keltirishga, ya`ni daromadni 10 marta ko`paytirishga va`da bergan. UEFA oldin ham klubning moliyalashtirilishi manbalarini shubhali deb hisoblagan edi.






