Joriy yil 17 noyabr kuni Saudiya Arabistoni «SADAFCO» kompaniyasi prezidenti Vut Mattiysning Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Mazkur tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad – Qoraqalpog`iston Respublikasi va Saudi Dairy and Foodstuff Company («SADAFCO») kompaniyasi o`rtasida kelajakda investision hamkorlikni yo`lga qo`yishni muhokama qilishdan iborat.
Ma`lumot tariqasida ta`kidlash joizki, Saudiya Arabistoni «SADAFCO» kompaniyasiga 1976 yilda asos solingan. Kompaniya sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug`ullanadi.






