TATU Nukus filialining telekommunikasiya va AKT sohasidagi kasbiy ta`lim fakultetining Dasturiy injiniring yo`nalishi 4-bosqich talabasi Aygul Mamutova 2018-2019 o`quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyaga sazovor bo`ldi.
Vatanimiz jonko`yar ilmi va iqtidorli ijodkor yoshlar saflari kundan-kunda ko`paymoqda, shunday ilm ildiziga asos solgan yoshlarning mashaqqatli mehnatlariga yuksak zafar va muvaffaqiyatlarini zabt etishi, bu degani rivojlangan davlatlar qatori elkama-elka turish degani.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi «Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatinini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq mustaqil o`z fikriga qalbida esa ilmga bo`lgan muhabbati jamoat ishlarida faol, tashabbuskor va intiluvchan, respublika hamda xalqaro fan olimpiadalari g`oliblari va sovrindorlari, AKTga oid ilmiy tadqiqot, yirik dasturlar va izlanishlarda ishtirok etayotgan hamda ilmiy maqolalar yozgan, dasturiy va texnik ishlanmalar yaratgan TATU hamda uning hududiy filiallari talabalarini rag`batlantirish maqsadida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya ta`sis etilgan edi.






