Toshkentda O`zbekiston-Yaponiya tibbiy informasion markazi ochiladi. Loyihaning qiymati 100 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu markaz qurilishi uchun shahar ma`muriyati va Yaponiya OMETA (Overseas Medical Equipment Technical Assistants) tashkiloti vakillari O`zbekiston Respublikasi investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi bilan hamkorlik to`g`risidagi bayonotni muhokama qilishgan. Kelajakda ishchi guruhlar tashkil qilish rejalashtirilgan.
OMETA uyushmasi 138 ta kompaniyani o`z ichiga oladi, ushbu kompaniyalarning 128 tasi tibbiy asbob-uskuna ishlab chiqaradi. Tashkilot turli davlatlarning tibbiy muassasalari rivojlanishini qo`llab-quvvatlaydi.






