AsosiyJamiyat

"O`zbekiston havo yo`llari" Londondagi World Travel Market — 2018 xalqaro ko`rgazmasida qatnashmoqda

'"O`zbekiston havo yo`llari" Londondagi World Travel Market — 2018 xalqaro ko`rgazmasida qatnashmoqda'ning rasmi

5 noyabr kuni Londonda an`anaviy World Travel Market – 2018 xalqaro sayyohlik ko`rgazma-yarmarkasi o`z ishini boshladi. "O`zbekiston havo yo`llari" O`zbekiston yagona stendida o`z xizmatlari haqida ma`lumot taqdim etmoqda, deb xabar beradi MAK axborot xizmati.

Uch kun davomida ko`rgazma mehmonlari milliy aviatashuvchining yo`lovchi va yuk tashuvlari sohasidagi imkoniyatlari haqida, shuningdek, respublikaning sayyohlik yo`nalishlari, turizmning har xil turlari, taklif etilayotgan turlar va turistlar uchun yaratilgan infratuzilma haqida to`liq axborot olishi mumkin.

WTM — 2018 doirasida "O`zbekiston havo yo`llari" mutaxassislari chet ellik sheriklar bilan O`zbekistonga turistlarni jalb etish va aviakompaniya reyslarida yo`lovchi oqimini oshirish masalalari bo`yicha qator muzokaralar va uchrashuvlar o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar