2018 yilning 7-8 noyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
"Germaniya Tashqi ishlar federal vaziri Xayko Maas va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar chog`ida bo`lajak oliy darajadagi O`zbekiston-Germaniya uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, tashrif doirasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o`tkazish rejalashtirilgan.






