AsosiyDunyo

Eronda AQShga qarshi namoyishlar bo`lmoqda

'Eronda AQShga qarshi namoyishlar bo`lmoqda'ning rasmi

Eron poytaxti Tehron va boshqa bir qator shaharlarida AQShga qarshi ommaviy namoyishlar bo`lib o`tmoqda, deya xabar bermoqda Yandex nashri.

Namoyishlarda bir necha ming kishi ishtirok etmoqda. Aksiya ishtirokchilari AQShga qarshi shiorlarni hayqirib, AQSh bayroqlari va dollar banknotalarini yoqishmoqda. Mazkur namoyishlar 1979 yilda islom inqilobi vaqtida AQShning Tehrondagi elchixonasi bosib olinishining 39 yilligi munosabati bilan o`tkazilmoqda. AQSh Eron bilan diplomatik munosabatlarni xam aynan usha vaqtda uzgan. 5 noyabrda AQShning Eronga qarshi yangi sanksiyalari kuchga kiradi. Sanksiyalar mamlakatning bank va neft sektorlarini qamrab olishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar