AsosiySiyosat

Qurolli Kuchlar akademiyasida yopiq kengash tuzildi

'Qurolli Kuchlar akademiyasida yopiq kengash tuzildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi huzurida “Harbiy fanlar bo`yicha falsafa doktori” (PhD) ilmiy darajasini beruvchi yopiq ilmiy kengash tuzildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, yaqin vaqtlar ichida tayanch doktoranturada o`qish uchun kvotalar sonini 8 tadan 15 tagacha oshirilishi rejalashtirilgan. Akademiyaning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida doktorantlarni xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta`lim muassasalarida va ilmiy tadqiqot markazlarida dissertasiya ishlarini yozishi va himoya qilish imkoni paydo bo`ladi.

Ta`kidlash kerakki, joriy yil akademiyada mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi uchun esa jami 60 nafar o`qituvchilar hujjat topshirgan. Ular bilan ixtisoslik bo`yicha suhbat o`tkaziladi va suhbat natijalari asosida qabul qilinib, mutaxassislik bo`yicha tegishli kafedralarga biriktiriladi.

2018 yilda akademiyada to`rt nafar ofiser doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, “Harbiy fanlar doktori” ilmiy darajasiga sazovor bo`ldi. Ilmiy-uslubiy faoliyatlaridagi yuqori natijalarni inobatga olgan holda akademiyaning ikki nafar ilmiy xodimlariga “Professor” ilmiy unvoni, etti nafar ofiserga “Dosent” unvoni berildi.

    Boshqa yangiliklar