AsosiyJamiyat

Maktab o`quvchisi otasining avtomashinasini hujjatlarsiz boshqarib, avtohalokatga uchradi

'Maktab o`quvchisi otasining avtomashinasini hujjatlarsiz boshqarib, avtohalokatga uchradi'ning rasmi

Shu yil 3 noyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 67-sonli o`rta maktabning yuqori sinf o`quvchisi M.Q. sinfdoshi M.A. bilan otasiga tegishli “Mersedes-bens” rusumli avtomashinani hujjatlarsiz Asalobod ko`chasida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo`l chetidagi daraxtga borib urilgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada avtomashina yo`lovchisi, 67-sonli o`rta maktabning 9-sinf o`quvchisi M.A. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar