AsosiyJamiyat

Bojxona instituti qayta tashkil etildi

'Bojxona instituti qayta tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Qaror bilan Oliy harbiy bojxona instituti Davlat bojxona qo`mitasining Bojxona instituti etib qayta tashkil etildi.

Institut bojxona organlari uchun ta`lim muddati to`rt yil bo`lgan bakalavrlarni va ta`lim muddati bir yil bo`lgan magistrlarni tayyorlaydi.

Institutda bojxona ishi va yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta`minlash) ta`lim yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislar o`qitilishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar