Doxada sport gimnastikasi bo`yicha jahon chempionati yakunlandi. Ushbu musobaqada hamyurtimiz Oksana Chusovitina ham ishtirok etdi.
Jahon gimnastikasi afsonasi o`zining sevimli yo`nalishi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida 14,300 ochko jamg`ardi va to`rtinchi o`rinni egalladi.
Oksana “Ria-novosti” nashriga intervyu berar ekan, musobaqada o`z darajasida ishtirok eta olmaganini, bunga og`riq xalal berganini aytib o`tdi. Ammo, 2019 yilda Shtutgart mezbonlik qiladigan jahon chempionatida sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritib, Tokio 2020 Olimpiya o`yinlariga yo`l olishini ta`kidladi.
Sport gimnastikasi bo`yicha jahon chempionati.
Ayollar. Tayanib sakrash:
1. Simona Baylz (AQSh) — 15,366
2. Shellon Olsen (Kanada) — 14,516
3. Aleksa Moreno (Meksika) — 14,508
4. Oksana Chusovitina (O`zbekiston) — 14,300.






