2 noyabr kuni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
R. Alimov «Terrorizm bilan kurash — chegarasiz hamkorlik» mavzusidagi ShHT MATT 6-xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan.
Suhbat chog`ida ShHT kun tartibidagi muhim masalalar, O`zbekistonning tashkilot oldida turgan dolzarb vazifalarni hal qilishdagi amaliy ishtiroki muhokama qilindi.
Vazir uch yillik muddatdan so`ng 31 dekabr kuni ShHT bosh kotibi lavozimini tark etayotgan Rashid Alimovga birgalikdagi faoliyat uchun minnatdorchilik bildirar ekan, tashkilot Kotibiyati rahbarligidagi samarali faoliyatini qayd etdi.
O`z navbatida, Rashid Alimov Tashqi ishlar vazirligi va O`zbekiston rahbariyatiga bosh kotib lavozimida ishlayotgan davrdagi qo`llov uchun tashakkur izhor etdi va ShHT doirasida ko`p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan O`zbekistonning muhim tashabbuslari ahamiyati va dolzarbligini alohida ta`kidladi.






