Joriy yilning 31 oktyabr kuni soat 8 larda Chilonzor tumani, Dilxush ko`chasi, 37-uyda yashagan 1996 y.t. A. A., 2001 y.t. E. A., 2003 y.t. I. A. va 2012 y.t. F. A.lar noma`lum moddadan o`tkir zaharlanishi oqibatida vafot etgan, ularning onasi 1976 y.t. U. A. o`tkir zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi (yong`in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining 31.10.2018 yildagi xulosasiga ko`ra, A.A., E.A., I.A. va F.A.larning o`limi is gazidan o`tkir zaharlanish, bosh miya va o`pkalar shishi natijasida kelib chiqqan.
Tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasida tuzilgan tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda. Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari ustidan tegishli nazorat o`rnatilgan.






