2018 yil 16 noyabrdan iste`mol solig`ini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilg`isi chakana narxlari belgilandi.
Yoqilg`i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o`zgartirish to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 16 noyabrdan iste`mol solig`ini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilg`isi chakana narxlari:
• Ai-80 avtobenzinga – 4 000 so`m/litr;
• Ai-91 avtobenzinga – 4 500 so`m/litr;
• dizel yoqilg`isiga – 4 800 so`m/litr;
• EKO dizel yoqilg`isiga – 4 900 so`m/litr etib belgilandi.






