2019 yili atoqli adib Ernest Xemingueyning chop etilmagan ikki hikoyasi nashr etiladi, deya ma`lum qilmoqda Lit-ra.info nashri.
Adibning adabiy merosiga mas`ul bo`lmish Maykl Katakisning aytishicha, 1950-yillar o`rtalarida yozilgan ushbu hikoyalar The Monument (“Monument”) va Indian Country and the White Army (“Hindular mamlakati va oq tanlilar armiyasi”) deb atalib, “Qo`ng`iroq kim uchun chalinmoqda?” romanining navbatdagi qayta nashrini to`ldiradi.
Shuningdek, nashrga avgust oyida Strand Magazine jurnalida ilk bora e`lon qilingan A Room on the Garden Side (“Bog` tomondagi xona”) hikoyasi ham kiritiladi.






