“Qasoskorlar” filmi franshizasining navbatdagi qismini kinomuxlislar intiqlik bilan kutishmoqda, deya yozmoqda Segodnya nashri.
Yaqinda berilgan ma`lumotlarga ko`ra, “Qasoskorlar” yana bittaga ko`paygan. Mashhur seriallarda turli rollarni ijro etgan aktrisa Ketrin Lengford to`rtinchi “Qasoskorlar”da ham rol ijro etadigan bo`ldi.
Kichik Robert Dauni, Kris Evans, Mark Ruffalo, Skarlett Yoxansson, Kris Xemsvort, Tom Xiddlston, Entoni Maki kabi aktyorlar o`z rollarini yana bir bor ijro etishlari ma`lum qilindi.






