Afg`oniston poytaxti Qobulda yana bir terrorchilik harakati kuzatildi, deb xabar qildi Ren.tv nashri.
Mamlakatningeng katta qamoqxonasi "Pul-e-Charki" joylashgan hududda xudkush terrorchi o`zini portlatib yubordi. U qamoqxonaga tegishli mashina oldiga kelgan hamda o`ziga o`rnatilgan qurilmani harakatga keltirgan. Buning oqibatida esa kamida 6 kishi qurbon bo`ldi va 3 kishi yaralangan. Ushbu qamoqxonada yuzlab mahbuslar, jumladan, Tolibon isyonkorlari ham bor.






