Janubiy Afrikalik magnat Sola Kersnerning sobiq bevasiga tegishli san`at asarlari kolleksiyasi uning omborxona ijara haqini to`lamaganligi uchun 1,2 ming funt sterlingga sotildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
2017 yilning oxirida 49 yoshli Xizer Kersner (Heather Kerzner) Nyu-York shahrida joylashgan pentxausini sotishga qaror qildi. U kvartirasida bo`lgan noyob mebel va nodir san`at asarlarini ijara haqi oyiga 230 funt sterling bo`lgan omborxonaga joylashtiradi. Mazkur asarlar orasida auksionlardagi bahosi o`n million dollar bo`lgan ingliz rassomi Demen Xerstning ikkita san`at asari ham bo`lgan. Ayol omborxona ijara haqini to`lashni unutib, oylab pul to`lamagan. Omborxona egasi esa unga qo`ng`iroq qilib tusha olmagan va omborxonadagi barcha buyumlarni bor-yo`g`i 1,2 funt sterlingga sotib yuborgan. Hozirda mazkur buyumlarni sotib olgan shaxsning nomi oshkor etilmayapti.






