Tailandlik sobiq go`zallik malikasi Nursara Suknamay (Nusara Suknamai) “Lester” futbol klubi egasi bo`lgan » Vijay Shrivaddxanaprabxi bilan birga vertolyotda halokatga uchradi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Suknamay futbol klubining xodimlaridan biri bo`lgan. U 2005 yilda “Koinot go`zali” tanlovining saralash bosqichida ikkinchi o`rinni egallagan edi. Polisiya vertolyot bortida bo`lgan millioner Vijay Shrivaddxanaprabxi, uning xodimlari Nursara Suknamay i Kaveporna Punpare (Kaveporn Punpare), uchuvchi Erik Svaffer (Eric Swaffer) va uchuvchi-instruktor vazifasini bajaruvchi Izabela Roza Lechovich (Izabela Roza Lechowicz) larning rasman halok bo`lganligini tasdiqladi.






