AsosiyJamiyat

​Harbiy xizmatchilarning xizmatda bo`lish yoshi uzaytirildi

'​Harbiy xizmatchilarning xizmatda bo`lish yoshi uzaytirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yil 18 aprel kuni imzolangan «O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi 476-son Qonuniga asosan O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi Qonunining 26-moddasi 2-qismiga qo`shimcha va o`zgartishlar kiritilgan edi.

Unga ko`ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmatda bo`lish yosh chegaralari quyidagicha etib belgilandi:

  • Shartnoma bo`yicha harbiy xizmatni o`tayotgan oddiy askarlar, serjantlar va kichik ofiserlar uchun (leytenant, katta leytenant, kapitan) — 45 yosh (eski tahrirda kichik ofiserlar uchun 43 yosh etib belgilangan edi);
  • Katta ofiserlar uchun (mayor, podpolkovnik) — 50 yosh (eski tahrirda katta ofiserlar uchun 45 yosh etib belgilangan edi), polkovniklar uchun — 55 yosh (eski tahrirda polkovniklar uchun 50 yosh etib belgilangan);
  • General harbiy unvonidagi oliy toifali ofiserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar uchun — 60 yosh (eski tahrirda general-mayor, general-leytenantlar uchun – 55 yosh, general-polkovniklar uchun – 60 yosh etib belgilangan).

Ushbu Qonunga kiritilgan qo`shimcha va o`zgartishlar 2018 yil 18 apreldagi Qonun kuchga kirgan kundan e`tiboran 6 oy o`tgach amalga kiritilishi belgilangan edi. Bu xaqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

2018 yilning 19 oktyabr kunidan boshlab mazkur Qonun respublikamizda amalda kuchga kirdi.

    Boshqa yangiliklar