Adliya vazirligi «Advice.uz» Yagona axborot portali» loyihasi doirasida ijtimoiy video va audioroliklarning ijodiy konsepsiyasini ishlab chiqish, suratga olish, yozib olish va uni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish bo`yicha tanlov e`lon qiladi.
Loyiha Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi va Shimoliy Irlandiya hukumati nomidan Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi va Shimoliy Irlandiyaning O`zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Tanlovga kommunikasiya va video ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va tashkilotlar taklif etiladi. Tanlovdan maqsad O`zbekistonning «Advice.uz» yagona axborot portalini ishga tushirish to`g`risida qisqa audio va videoroliklarni yaratish va undan foydalanishga rahbarlik qilishdan iborat.
Bajarilish muddati: 2018 yil 10 noyabr – 2019 yil 30 yanvar.
Ishtirokchilarga qo`yiladigan talablar:
1. Ishtirokchi ishlangan ijtimoiy roliklar to`g`risida portfolio taqdim etishi va ijtimoiy roliklarni suratga olish ishlari bo`yicha ish tajribasiga ega bo`lishi lozim.
2. Suratga olish va yozib borish uchun o`zining texnik bazasi (kamera, yoritish moslamalari va boshqa)ga ega bo`lishi kerak.
3. Suratga olish ishlari uchun doimiy xodimlar shtati (rejissyor, muharrir, operator, montajchi, texnik xodim)ga ega bo`lishi kerak.
3. Rolik HD sifatda bo`lishi kerak.
4.Rolik yaratish uchun ssenariy taqdim etishi lozim.
5.Ushbu ijtimoiy roliklarni O`zbekistondagi davlat va tijorat telekanallarida joylashtirish imkoniga ega bo`lishi lozim.






