Suriyaning Damashq shahrida so`nggi 6 yil ichida ilk bor milliy muzey ochildi, deb xabar berdi TASS nashri.
Mazkur muzey mamlakatda davom etayotgan notinch vaziyat tufayli o`z faoliyatini to`xtatishga majbur bo`lgan. Hukumat qadimiy artefaktlarni himoya qilish uchun ham ushbu qarorga kelgan edi. Damashqda vaziyat biroz yaxshilangani tufayli milliy muzey mehmonlar uchun o`z eshiklarini qayta ochdi. Bu erda 100 minggga yaqin qadimiy buyumlar to`plami bor. Ochilish marosimidan so`ng, haykaltaroshlik ishlari, suratlardan iborat ko`rgazma tashkil etildi.
Muzeyning qayta ochilishi sivilizasiya terrorizmni zabt etganini ko`rsatadi. Damashq milliy muzeyida Suriya xalqining qanchalik qadimiy va yorqin tarixga ega ekanligiga guvoh bo`lish mumkin. Mazkur madaniy yodgorliklar hatto urush davrida ham saqlanib qolgani kishini hayratga soladi.






