Prezident Shavkat Mirziyoev Indoneziyaning “Lion Air” kompaniyasiga tegishli samolyotning qulashi oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga chuqur ta`ziya bildirdi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Avval xabar berilganidek, Jakartadan Pankalpinang shahriga parvozni amalga oshirayotgan Boeing 737 yo`lovchi samolyoti bortida 188 kishi bo`lgan. Fojia oqibatida ularning barchasi halok bo`lgan. Samolyot havo ko`tarilgandan biroz o`tib Yava oroli yaqinidagi dengizga qulab tushgan.






