Gresiya g`arbida 6,4 magnitudali zilzila sodir bo`ldi, deya ma`lum qilmoqda Layf nashri.
Er silkinishi epimarkazi poytaxt Afinadan 130 km. uzoqlikda bo`lgani qayd etilmoqda. Hodisa oqibatida 3 kishi jarohat olib, kasalxonaga etkazilgan. Ularning 2 nafari og`ir ahvolda ekani ma`lum qilinmoqda. Binolar qisman zarar ko`rgan. Ayrim joylarda elektr ta`minoti uzilib qolgani xabar qilinmoqda. Qurbonlar haqida rasmiy ma`lumotlar yo`q. Shuningdek, Liviya, Albaniya, Italiya kabi davlatlar chegaralarida ham aftershoklar kuzatilgan.






