AsosiyJamiyat

«Malibu Turbo» test-drayvdan o`tkazildi

'«Malibu Turbo» test-drayvdan o`tkazildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan avtopoligonda «DjiEm Uzbekistan» AJda modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyaga muvofiq ishlab chiqarilayotgan turbodvigatelli «Malibu» avtomobilining yangi avlodi namoyish qilindi va test-drayvdan o`tkazildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar beradi.

Test-drayv ishtirokchilari avtomobilning barcha afzalliklarini ko`rib chiqish imkoniga ega bo`lishdi.

Jahon tendensiyalari

Ayni damda deyarli barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilar turbopuflagichli dvigatellarga bosqichma-bosqich o`tmoqda. Avtomobil uskunalari sohaqida o`zining ishlanmalari bilan mashhur bo`lgan yirik Amerika korporasiyasi Honeywell International, Inc. Prognozlariga ko`ra 2021 yilga borib dunyodagi barcha avtomobillarning 48% turbodvigatel bilan jihozlangan bo`ladi.

«Malibu Turbo»ning yuqori quvvati va tezlik olishi

Biz birinchi galda avtomobilning yuqori quvvatiga e`tibor qaratmoqchimiz. 2,5 l. atmosfera dvigateli bilan jihozlangan «Malibu» avtomobilining xarakteristikalari bilan taqqoslaganda turbodvigatelli avtomobil huddi shunday yoqilg`i sarfida quvvatining 253 l.s. quvvati oshishi bilan farqlanadi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, 2,5 l. hajmli atmosfera dvigatelida bu ko`rsatkich 186 o.k quvvatni tashkil qiladi. Turbodvigatelli avtomobilning 100 km/sgacha tezlik dvigatelning kichik hajmiga qaramay 1,7 sekundga tezroq.

Juda past yoqilg`i sarfi

Ko`pchilik turbodvigatelli avtomobil juda ko`p yoqilg`i iste`mol qiladi deb o`ylaydi. Ammo farq u qadar katta emas. Avtomobil turbinasi ko`proq yoqilg`i yuborish imkonini beradi, ammo shu bilan birga tejamkorlikni ta`minlaydi. Qanday qilib deysizmi? Gap shundaki, turbomotorning ish hajmi kamroq va engilroq. Ushbu modelning yoqilg`i sarfi aralash siklda 100 km.ga 8,5 l.ni tashkil qiladi.

«Lyuks» klassdagi avtomobil

«Malibu Turbo» avtomobili «Lyuks» klassdagi avtomobillarning vakili bo`lib o`zbek avtomobilsozligida «Lyuks» darajadagi sedanlarning yangi davrini boshlab beradi. U yuqori darajadagi qulaylikka ega avtomobil sanaladi.

Mazkur avtomobil dvigatelning yuqoritexnologik uzoli bo`lgani sababli unga ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan sifatli moy mahsulotlarini qo`llash lozim. Mazkur avtomobil uchun tavsif qilingan yoqilg`i – AI-95.

Mazkur modelning sotuvga chiqarilish sanasi va narxi hozircha noma`lum.

    Boshqa yangiliklar