Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Alisher Sa`dullaev boshqa ishga o`tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda “Xalq so`zi“ nashri ma`lum qildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Alisher Sa`dullaev O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi birinchi o`rinbosari sifatida ish boshlashi kutilmoqda. Bu borada hozircha rasmiy ma`lumotlar yo`q. Bugun markaziy kengash yig`ilishida u yangi lavozimga tayinlanishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, 2017 yil 30 iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida chiqish qilgan 23 yoshli Alisher Sa`dullaevni Xalq ta`limi vaziriga o`rinbosar etib tayinlagan edi.
Alisher Sa`dullaev 1994 yilning 11 iyulida Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tug`ilgan. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tamomlagan, keyinroq Buyuk Britaniyada tahsil olgan.






