AsosiyJamiyat

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo`yilmoqda

'Tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo`yilmoqda'ning rasmi

Joriy yil oktyabr oyining birinchi yarmida Toshkent shahrida savdo va xizmat ko`rsatish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo`yicha o`tkazilgan profilaktik tadbirlar jarayonida tegishli hujjatlari bo`lmagan 47,2 mln. so`mlik tamaki mahsulotlari savdoga qo`yilganligi aniqlandi hamda qonuniy chora ko`rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Jumladan, poytaxtimizning Mirobod tumani, Mirobod ko`chasi, 27/9 - uyda o`tkazilgan profilaktik tadbir jarayonida aksiz markasi mavjud bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 64 turdagi 772 dona, umumiy qiymati 32 mln. 533 ming so`mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi.

Huddi shuningdek, Uchtepa tumanida o`tkazilgan profilaktik tadbirlarda fuqaro Dilshod G`ulomov (ismi va familiyasi o`zgartirilgan) tomonidan jami 25 turdagi 177 dona, umumiy qiymati 3 mln. 329 ming so`mlik tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda savdoga qo`yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida vaqtinchalik olib qo`yildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi

    Boshqa yangiliklar