O`zbekiton – Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida 2018-2019 yillarga mo`ljallangan Hamkorlik dasturiga binoan bugun, 26 oktyabr kuni Toshkent shahrida tashqi siyosatni axborot bilan ta`minlash va OAV bilan ishlash masalalari bo`yicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya TIV delegasiyasiga Axborot va matbuot departamenti direktori Mariya Zaxarova boshchilik qildi.
Uchrashuvda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilingan, tajriba almashilgan.
Rossiya delegasiyasi shu kunning o`zida JIDU o`qituvchi va talabalari bilan uchrashuv o`tkazgan.






