AsosiySiyosat

Yunusobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari belgilab berildi

'Yunusobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari belgilab berildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev «O`zekspomarkaz»da Toshkent shahri va Yunusobod tumani hokimlari, mutasaddilar va sektorlar rahbarlari, mahalla raislari ishtirokida yig`ilish o`tkazdi.

Unda Yunusobod tumanini iqtisodiy rivojlantirish, 63 ta mahalladagi ijtimoiy holatni yanada yaxshilash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berildi.

2019 yilda sanoat va xizmat ko`rsatish sohalarida mo`ljallangan 38 ta loyihaning har biri bo`yicha tashabbuskorlar va manbalarini aniq ko`rsatgan holda «yo`l xarita»lari ishlab chiqish zarurligi ta`kidlandi.

Xatlovda aniqlangan 332 ta foydalanilmayotgan ob`ekt va er maydonlarida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, byudjetga tushumlarni ko`paytirish va odamlarning daromadlarini oshirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Ijtimoiy dolzarb masalalarni hal qilish, uy-joy fondini rivojlantirish, kommunal xizmatlarni yaxshilash, ob`ektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasidagi vazifalar belgilab berildi.

    Boshqa yangiliklar