AsosiyDunyo

Belgiyadagi De Kok kurortida ulkan kit sohilga chiqib qoldi

'Belgiyadagi De Kok kurortida ulkan kit sohilga chiqib qoldi 'ning rasmi

Belgiyaning Shimoliy dengiz qirg`og`idagi De Kok kurortida ulkan kit sohilga chiqib qoldi, deya ma`lum qildi Vesti nashri.

Jonivorning uzunligi 18 metr, vazni esa 30 tonnani tashkil qiladi. Voqea joyiga veterinarlar, polisiya xodimlari etib kelgan. Polisiya odamlardan kitga yaqinlashmaslikni so`ramoqda. O`lik kitning badanida ulkan jarohatlar bor. Uni qanday qilib bu erga kelib qolgani ham noma`lum. Mutaxassislar undan tahlil uchun namunalar olishgan. O`lim sabablari esa patoloanatomik tahlil yordamida aniqlanadi.

    Boshqa yangiliklar