Ispaniya polisiyasi 6 tonnadan ortiq kokain moddasini aniqladi, deya ma`lum qilmoqda RIA Novosti nashri.
Qoradori Malagadagi sanoat binosida saqlangan banan qutilari ichiga yashirilgani ma`lum bo`ldi. Xabarlarga ko`ra, giyohvand moddalarni sotishga aloqadorlikda gumon qilinib 16 kishi hibsga olingan. Ombor hududida o`tkazilgan tintuvlar natijada 300 ming evrodan ko`proq pul, qurol va lyuks sinfidagi avtomobillar aniqlanib, musodara qilindi. Gumondorlar Kosta-Rikadan banan va boshqa mevalar import qiluvchi kompaniya orqali Lotin Amerikasidan giyohvand moddalar etkazib berishni amalga oshirishgan.






