Angliya va Belgiya arxeologlari hamkorlikda olib borgan ekspedisiyalari natijasida Qora dengizdan qadimiy kema qoldiqlarini topishga muvaffaq bo`lishdi, deya xabar qildi Yandex nashri.
Dengiz ostida 2400 yildan beri saqlanib kelinayotgan kema Gresiyaga tegishli bo`lib, uning uzunligi 23 metrni tashkil etadi. U 2 km. chuqurlikdan topildi. Arxeologlarning ta`kidlashicha, kema shu vaqtgacha suratlar va keramik buyumlardan ma`lum bo`lgan savdo kemalari turiga kiradi. U klassik davrga tegishli. Uni qidirish va topish ishlariga 3 yil ketgan.






